Firma ochishga 2 soat
"Prava" almashtirishga 15 daqiqa
Elektron imzoga 5 daqiqa
Yashshavor DXM!
Bugun Olmazor tuman Davlat xizmatlari markazida bo'lib, Ruslanbek Davletov tashkil qilgan ishlarga qoyil qoldim.
Firma ochish uchun elektron raqamli imzo olish kerak deyishgandi. Hech qanday muammosiz 5 daqiqada qilib berishdi. Bu vaqt ham kassaga pul to'lashga ketdi. Fleshka yo'qligi ham muammo emas, telefonga tashlab berishdi 😎.
Eski turdagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish kerak edi. 199 ming so'm va 15 daqiqa ketdi. Familiya o'zgargani ham muammo bo'lmadi.
Markazdan chiqmay firma ham ochsa bo'larkan. Ustav to'ldirish, nom tanlash va bron qilish va guvohnoma olishga 2 soat vaqt ketdi. Men bir haftalarda chiqsa kerak deb o'ylagandim. Buni qarangki, firmaga pechatni shu yerda qilsa bo'larkan. Kamiga bank tanlab, hisob-raqamni ham ochib berishdi.
Muomala zo'r. Hech kim propiskangiz manzili bo'yicha tashkilotlarga uchrang demadi. Shu o'rinda Olmazor tuman Davlat xizmatlari markazi 3-operatori S. Mirzayevaga minnatdorchilik bildiraman.
Men 15 yildan beri firmalar ochish bilan shug'ullanaman, ko'plarida direktor bo'lganman. Lekin, bunaqasini birinchi ko'rishim.
Moskvada firma ochishga 1 hafta, Elektron imzo olishga 2 kun vaqt ketadi. Pravani indamayman, oson emas olish.
Faqat bitta muammo bor. Bu markaz yaqinda yangi manzilga ko'chgan ekan. Davlat xizmatlari agentligi rasmiy sayti va Яндекс. Карты dasturlarida eski manzillar ko'rsatilgan. Shuni to'g'rilab qo'yish kerak.